Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda joriy yilda chiqindi bilan bog‘liq 2000 dan ortiq huquqbuzarlik sodir etilgan

Toshkentda joriy yilda chiqindi bilan bog‘liq 2000 dan ortiq huquqbuzarlik sodir etilgan

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tuman inspektorlari tomonidan belgilanmagan joylarga chiqindi tashlashga qarshi doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilda shu paytga qadar boshqarma tomonidan poytaxtimizda jami 2226 ta qonun buzilishi holati aniqlangan. Bulardan 2201 tasi jismoniy shaxslar, 25 tasi esa yuridik shaxslar tomonidan sodir etilgan.

Huquqbuzarliklar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga ko‘ra bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Qonunbuzarlarga nisbatan jami 994 million 650 ming so‘m miqdorida jarima belgilangan.

Bundan tashqari, fuqarolarga belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslik kerakligi, bu atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo‘lishi, chiqindilar uzoq muddat chirimasdan ekologiyaga zarar keltirishi va chiqindini duch kelgan joyga tashlash qonunchilikka ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishi borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring