Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda maktab direktori 1-sinfga o‘quvchi qabul qilish uchun pora olayotganda qo‘lga tushdi (video)

Toshkentda maktab direktori 1-sinfga o‘quvchi qabul qilish uchun pora olayotganda qo‘lga tushdi (video)

Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 247-sonli umumta’lim maktab direktori Tulametova pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda «O‘zbekiston» telekanaliga tayanib, «Asr.uz» xabar berdi.

Unda aytilishicha, maktab direktori fuqaro Almasovadan farzandini 1-sinfga qabul qilish uchun 500 ming so‘m olayotgan vaqtda ushlangan.

Departament organlari tomonidan 2018 yilning birinchi yarmida ta’lim tizimi bilan bog‘liq korrupsiya, firibgarlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi holatlar bo‘yicha jami 83 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu jinoyatlarning 16 tasi umumta’lim maktablarida, 31 tasi oliy o‘quv yurtlarida, 36 tasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sodir etilgan.

Tahlillarga ko‘ra, ta’lim tizimidagi korrupsiya holatlari, asosan, o‘quv yurtlarida yangi o‘quv yili uchun qabullar boshlangan davrga (49 ta holat) to‘g‘ri keladi. Xususan, joriy yilning yanvar oyida 5 ta, fevral oyida 16 ta, mart oyida 11 ta, aprel oyida 10 ta, may oyida 16 ta va iyun-iyul oylarida esa 25 ta holat fosh etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring