Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda Navro‘z bayrami tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar va istirohat bog‘lari ro‘yxati e’lon qilindi

Toshkentda Navro‘z bayrami tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar va istirohat bog‘lari ro‘yxati e’lon qilindi

Foto: «Afisha.uz»

Toshkent shahar tumanlarining markaziy maydonlarida «Navro‘z» umumxalq bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Shahar hokimiyati rasmiy saytida Navro‘z bayrami o‘tkaziladigan maydonlar va istirohat bog‘lari ro‘yxati e’lon qilindi.

Shahar asosiy sahnasi: «O‘zekspomarkaz» hududidagi maydon, asosiy sahna maydonida;

Bektemir tumanida: «Quyoshcha nuri» bog‘i hududida;

Mirobod tumanida: «Furqat» nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida hamda «Temiryo‘lchilar» madaniyat saroyida;

Mirzo Ulug‘bek tumanida: «Lokomotiv» nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida hamda «Bobur» nomidagi eko-bog‘da;

Sergeli tumanida: «Yoshlar» bog‘ida hamda «Grin Park» nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i (sobiq «Sohil» bog‘i)da; 

Uchtepa tumanida: «Eko» bog‘ida va «Bog‘i shamol» nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida;

Olmazor tumanida: Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida hamda Talabalar shaharchasida;

Chilonzor tumanida: «G‘ofur G‘ulom» nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida va «Akva» bog‘ida;

Shayxontohur tumanida: «Lokomativ» madaniyat va istirohat bog‘ida hamda «Navro‘z» madaniyat va istirohat bog‘ida, «Ibn Sino» madaniyat va istirohat bog‘ida;

Yunusobod tumanida: Toshkent hayvonot bog‘i oldidagi maydonda;

Yakkasaroy tumanida: «Do‘stlik» nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida;

Yashnobod tumanida: «Ashxobod» sayilgohida hamda «Do‘stlik» bog‘ida tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring