Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ro‘y bergan ayanchli YTH haqida ma’lumot berildi

Toshkentda ro‘y bergan ayanchli YTH haqida ma’lumot berildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2021-yil 22-iyul kuni taxminan soat 00:30 da Yashnobod tumani Qorasuv ko‘chasida 1999-yilda tug‘ilgan Xojiakbar L. ishonchnoma asosida «Matiz» rusumli avtomobilni boshqarish davomida yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda – 1956-yilda tug‘ilgan Shavkat B.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz, deb yozadi Toshkent shahar IIBB.

Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring