Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda shaxmat yulduzlari ishtirokida superturnir boshlanadi

Toshkentda shaxmat yulduzlari ishtirokida superturnir boshlanadi

6-15 iyun kunlari dunyoning kuchli shaxmatchilari Toshkentda jam bo‘ladi.

Mukofot jamg‘armasi 166 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi «Uzchess Cup» turniri Samarqand mezbonlik qilgan jahon chempionatini inobatga olmaganda, yurtimizda o‘tkazilayotgan eng katta masshtabdagi musobaqa hisoblanadi.

Turnir 3 guruhda o‘tkaziladi:

  • «Masters» guruhida reytingi 2700 va undan yuqori shaxmatchilar;
  • «Challengers» guruhida reytingi 2600 va undan yuqori shaxmatchilar;
  • «Futures» guruhida reytingi 2500 va undan yuqori shaxmatchilar ishtirok etishadi.

Dunyoning nomdor grossmeysterlari jam bo‘lgan «Masters» guruhida hamyurtlarimizdan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboyev bosh sovrin uchun bahs olib borishadi. Shuningdek, ushbu kuchlilar guruhidan Vidit Santosh Gujrathi (Hindiston), Parham Maqsudlu (Eron), Shahriyar Mamedyarov (Ozarbayjon), Aleksandr Grishuk (FIDE), Yu Yang Yi (Xitoy), Richard Rapport (Ruminiya) va Aleksey Sarana (Seriya) joy olgan.

Qur’a natijasiga ko‘ra, «Masters» guruhining 1-turida Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Parham Maqsudluga qarshi bahs olib boradi. Javohir Sindarov va Nodirbek Yakubboyev qora donalarada mos ravishda Yu Yang Yi hamda Richchard Rapport bilan hisob-kitob qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring