Toshkentdagi mehmonxona yordamga tayyorligini bildirdi. Mehmonxona karantinga ajratiladi va vatandoshlar 3 mahal taom bilan ta’minlanadi

Toshkent shahridagi DANIEL HILL HOTEL ma’muriyati va xorijlik investorlar mehmonxona binosini karantin uchun ajratishga tayyorligini bildirdi. Shu bilan birgalikda karantinga joylashtiriladiganlar uch mahal taom bilan ta’minlanishi ham bayonotda aytilgan.
«Yurtimizdagi karantin, va murakkab sharoitni inobatga olib, DANIEL HILL HOTEL mehmonxonasi, chet ellik investorlar bilan kelishilgan holda, Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘mak va xizmat uchun tayyorligini bildiradi.
O‘zbekiston hududiga chet eldan kelayotgan vatandoshlarimizni karantinda saqlash uchun 350 kishiga moslangan 150 xona ajratiladi. Shu bilan birgalikda, mehmonxona karantinga olinganlarni 3 mahal taom bilan ta’minlashga tayyor», — deyiladi bayonotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter