Tramp dunyodagi eng xavfli shaharni tilga oldi

AQSh prezidenti Donald Tramp Chikagoni dunyoning eng yomon va eng xavfli shahri, deb atadi.
«Chikago — dunyodagi eng qo‘rqinchli va xavfli shahar. Illinoys shtati gubernatori Jey Pritsker yordamga juda muhtoj, ammo o‘zi buni bilmaydi», — deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
AQSh prezidentining ta’kidlashicha, so‘nggi dam olish kunlari Chikagoda kamida 54 kishi o‘qotar quroldan yaralangan, sakkiz kishi halok bo‘lgan. U shahardagi vaziyat zudlik bilan aralashuvni talab qilishini ta’kidlab, u yerga xavfsizlikni qaytarishga va’da berdi.
«Men Vashingtonda qilganimdek, jinoyatchilik muammosini tezda hal qilaman. Chikago tez orada yana xavfsiz shaharga aylanadi», — deya xulosa qildi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, 13-avgust kuni Pentagonning 800 askari jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun Vashingtonga kiritilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter