Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Trampga suiqasd qilishga uringan erkak umrbod qamaldi

Trampga suiqasd qilishga uringan erkak umrbod qamaldi

Foto: Upper Michigan's Source

Saylovoldi kampaniyasi davrida Donald Trampga suiqasd qilishga uringani uchun Rayan Uesli Raut umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar berdi CNN. Hukm Florida shtati Janubiy okrugi federal sudi tomonidan chiqarildi.

Raut 2024-yil 15-sentyabrda Uest-Palm-Bichda Donald Tramp joylashgan golf klubi yonida qo‘lga olingan. Avtomat bilan butalar orasiga yashiringan Rautni maxfiy xizmatchilar aniqlagan va qochishga uringanida hibsga olgan. Tramp hodisada jabrlanmagan.

2025-yil 23-sentyabrda sud Rayan Rautni prezidentlikka nomzodni o‘ldirishga urinish, federal xizmatchiga hujum qilish va yana uchta band bo‘yicha aybdor deb topdi. Qo‘lga olingan shaxsning o‘zi aybini tan olmadi.

Sudda tergovchilar Rautdan topilgan xatni taqdim etdi. Birinchi sahifada u shunday deb yozgan: «Men qo‘limdan kelgancha harakat qildim va bu ishga bor kuchimni sarfladim. Endi gap o‘zingizda, kim boshlagan ishini oxiriga yetkazsa, 150 ming dollar to‘layman. Ma’lum bo‘lishicha, jinoyat sodir etgandan so‘ng Raut qochib ketmoqchi bo‘lgan — uning internetdagi qidiruv tarixida «Mayami aeroportiga qanday borish» va «Meksikaga reyslar» so‘rovlari topilgan.

Advokat o‘z mijoziga qurol va o‘q-dorilarni noqonuniy saqlagani uchun yetti yilga qo‘shimcha nisbatan yengilroq jazo — 20 yil qamoq jazosi tayinlashni so‘radi. Sud iltimosni qondirmadi. Hozir Raut 59 yoshda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring