Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp – Putin uchrashuvi joyi ma’lum bo‘ldi

Tramp – Putin uchrashuvi joyi ma’lum bo‘ldi

Foto:«Business Insider»

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putin Helsinkida uchrashadigan bo‘lishdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«FoxNews» telekanali ham uchrashuv Helsinkida o‘tkazilishi haqida ma’lumot bergan.

«AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi sammit Finlyandiya poytaxti Helsinki shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi», – deb yozilgan telekanalning «Twitter»dagi sahifasida.

Avvalroq chorshanba kuni Trampning o‘zi Putin bilan uchrashuvi NATO sammiti(11 — 12-iyul kunlariga mo‘ljallangan)dan keyin Helsinkida o‘tkazilishi mumkinligini bildirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring