Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp urushni yaqin haftalarda tugatish niyatida – WSJ

Tramp urushni yaqin haftalarda tugatish niyatida – WSJ

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urushning cho‘zilishini xohlamayapti va uni yaqin haftalar ichida tugatishni rejalashtirmoqda. Wall Street Journal nashriga ko‘ra, u maslahatchilariga bu mojaro «yakunlovchi bosqichga kirganini» aytgan.

Ma’lum qilinishicha, Oq uy 4–6 haftalik aniq muddatni belgilagan va shu muddat doirada harakat qilmoqda. Hatto may oyi o‘rtalarida Xitoy rahbari Si Szinpin bilan rejalashtirilgan uchrashuvga qadar urushni tugatish maqsad qilingan.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eron rahbariyati muzokaralarga qiziqmoqda, ammo ichki bosim va xavflar sabab buni ochiq aytolmayapti. U hatto Eron elitasi «o‘z xalqidan ham, AQShdan ham qo‘rqmoqda» degan fikrni ilgari surdi.

Nashrning yozishicha, bu bayonot bir necha muhim jihatni ochib beradi. Birinchidan, AQSh urushni cho‘zilishini istamayapti – bu iqtisodiy bosim, neft narxlari va ichki siyosiy reytinglar bilan bog‘liq. Ikkinchidan, hatto rasmiy Tehron muzokaralarni inkor etayotgan bo‘lsa-da, Vashington diplomatik yo‘lni faollashtirishga harakat qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring