Tramp va Putin Vengriyada uchrashishi kutilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon muloqoti o‘tkazdi.
16-oktyabr kuni AQSh va Rossiya prezidentlarining telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu “samarali bo‘ldi”, deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy media platformasida va Putin hamon mojaroni tinchlik yo‘li bilan hal etish tarafdori ekanligiga ishonishini qo‘shimcha qildi.
Ikki prezident Budapeshtda uchrashishni rejalashtirmoqda. Kelasi hafta Moskva va Vashington oliy darajadagi uchrashuv o‘tkazishi mumkin, unda AQSh davlat kotibi Marko Rubio ishtirok etadi.
Moskva hozircha ikki prezident o‘rtasidagi suhbat va uning uchrashuv rejalariga izoh bermadi. Tramp suhbat yakunlanganidan keyin Vladimir Putin ham uning yakuni haqida xabar berishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, ertaga 17-oktyabr kuni kuni Tramp Vashingtonda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter