Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp Zelenskiy bilan uchrashdi: dastlabki ma’lumotlar

Tramp Zelenskiy bilan uchrashdi: dastlabki ma’lumotlar

AQSh prezidenti Donald Tramp Davosda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi

Tramp Zelenskiy bilan uchrashuvini «juda yaxshi» deb atadi. 

AQSh prezidenti Donald Tramp uchrashuvdan keyin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvini juda yaxshi» deb atadi. Zelenskiyning maslahatchisi Dmitriy Litvin ham muzokaralarni yuqori baholadi. 

Reuters xabar berishicha, Tramp Zelenskiy bilan suhbati haqida izoh berib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yo‘llagan xabarida «urush tugashi kerak» ekanligini qo‘shimcha qildi. 

AQSh va Ukraina rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuv yopiq eshiklar ortida o‘tkazildi. U taxminan bir soat davom etdi.

Zelenskiyning matbuot kotibi Sergey Nikiforovning so‘zlariga ko‘ra, ikki prezident uchrashuv oxirida qisqacha shaxsiy suhbatlashishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring