Turkiyada avtobus quladi: 45 kishi yaralandi
Turkiyaning Oydin viloyatida yo‘lovchi avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida 45 kishi yaralandi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi ma’lumotlariga tayanib «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
Avtobus chorrahada ag‘darilib ketgan.
Avtobus sayyohlik markazi Bodrumdan Istanbulga kelayotgan edi.
Jabrlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yotqizildi. Shifokorlarning aytishicha, ikki kishi qattiq yaralangan. Ularning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
Rossiyaning Anqaradagi elchixonasi matbuot attashesi Irina Qosimovaning aytishicha, avtobusda Rossiya fuqarolari bo‘lmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter