Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada choy yig‘im-terimi mavsumi ajoyibotlari

Turkiyada choy yig‘im-terimi mavsumi ajoyibotlari

Turkiyaning qayerida bo‘lishingizdan qat’iy nazar bir piyola turk choyiga duch kelishingiz muqarrar.

Turk madaniyatida choyning o‘rni shu qadar ahamiyatliki, choysiz bir kunni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Nonushtadan kechki ovqatgacha choy turk hayotining ajralmas elementidir.
Lekin Turkiya shunchaki choy iste’molchisi emas, balki har yili 1,5 million tonna ishlab chiqaruvchisi hamdir. Choy shu qadar muhim va chuqur ildiz otgan madaniy komponent bo‘lib, Turkiya va Ozarbayjonning qo‘shma arizasi bilan turk choyi 2022 yilda YuNESKOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.

Turkiyada choy yiliga uch marta yig‘iladi: maydan iyungacha, iyuldan avgustgacha va sentyabrdan oktyabrgacha.

Bu Turkiyaning Sharqiy Qora dengiz viloyatlari madaniyatining muhim qismidir. Bugungi kunda Turkiya choyining 70 foizi Rize viloyatida ishlab chiqariladi, undan keyin Sharqiy Qora dengizdagi Artvin, Trabzon va Ordu viloyatlari hamda Giresunning muayyan hududlarida ishlab chiqariladi. Mintaqada ba’zan «yashil oltin» deb ataladigan Rize choyi dunyodagi eng tabiiy choy sifatida ham tanilgan.

Sharqiy Qora dengizning Pokut, Ayder va Anzer kabi yangi zumrad-yashil platolarida tabiat qo‘ynida sayr qilish uchun Rizega tashrif buyurgan mehmonlar viloyat plantatsiyalarida choy yig‘im-terimlarini kuzatishlari yoki ularga qo‘shilishlari mumkin. Mahshur an’analardan biri bu - choy qaychidan foydalanib yig‘im-terimda qatnashish, so‘ngra an’anaviy kiyim kiygan holda suratga tushish. Hududni tark etishdan oldin hadya tariqasida oila a’zolar va yaqinlarga choy sotib olish mumkin.

Turkiya choyga jiddiy qaraydi, buni ichimlikning puxta tayyorlanishidan ham ko‘rish mumkin. An’anaga ko‘ra, choy mis, tunuka yoki boshqa metallardan tayyorlangan bir juft choynak yordamida tayyorlanadi. Pastki choynakda suv qaynatiladi va keyin choy barglari bilan birga yuqori choynakga qo‘shiladi. Pastki choynak qaynoq suv bilan to‘ldirilgan holda saqlanadi, yuqori choynakdagi choy asta-sekin qaynatiladi.

Damlangan choy odatda turklarning «piyola»si – bardoqlarda uzatiladi. Yuqori choynakdan avval to‘q rangli choy quyiladi, pastki choynakdan qaynoq suv ichuvchining ta’biga ko‘ra choyni ochartirish uchun qo‘shiladi. Shakar odatda choy stakanlari bilan birga taqdim etiladi, bardoqlar shakli va materiali tufayli choyning issiqligini saqlab, rangini ko‘rsatib beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring