Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyadagi zilzilada yana bir o‘zbekistonlik halok bo‘lgani aytildi

Turkiyadagi zilzilada yana bir o‘zbekistonlik halok bo‘lgani aytildi

Joriy yilning 12 fevral kuni zilzila natijasida Shonliurfa shahrida vafot etgan yana bir O‘zbekiston fuqarosi – namanganlik 42 yoshlik M.B.ning jasadi Istanbuldan Toshkentga yuborildi. 

Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Bu zilzila keltirgan vayronalar ostida qolib vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarining 4-chisidir.

Avvalroq, Qahramonmarashda vafot etgan namanganlik 40 yoshli N.M.ning, 11 fevral kuni Hatayda vafot etgan Andijon viloyatida tug‘ilgan 56 yoshlik U.H.ning jasadlari O‘zbekistonga jo‘natilgani hamda 7 fevral kuni Malatyada ham 1 nafar fuqaro (ayol) vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring