Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ucell: SIM-kartani ostonangizga bepul yetkazib beramiz

Ucell: SIM-kartani ostonangizga bepul yetkazib beramiz

Foto: Ucell

Karantin kunlarida abonentlar haqida qayg‘urib, Ucell uyali aloqa operatori masofadan turib xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirdi. Yangi raqamni ulamoqchimisiz? Buning uchun uydan chiqib, o‘zingizni ortiqcha xavf ostiga qo‘yishingiz shart emas.

Ucell xodimi SIM-kartani to‘g‘ridan-to‘g‘ri uyingiz yoki ofisingiz ostonasiga yetkazib beradi. Raqamni tanlash uchun yoningizda pasport yoki shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bo‘lsa kifoya.

Masofaviy ulanish xizmatini ikki yo‘l bilan amalga oshirish mumkin:

— Call-markaz operatorlari orqali. Qisqa raqamga qo‘ng‘iroq qiling (8123)

— Kompaniyaning korporativ veb-sayti orqali. Hammasi aniq, sodda va qulay.

SIM-karta buyurtma olingan kundan boshlab 48 soat ichida yetkazib beriladi.

Dam olish kunlari 72 soat ichida.

Eslatib o‘tamiz: karantin vaqtida xizmat bepul taqdim etiladi.

SIM-kartani masofadan turib olayotgan abonentlar soni kundan kunga oshmoqda.

Yetkazib berish geografiyasi ham kengaymoqda.

Ya’ni – Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy bankidan tortib, Gulistondagi Sirdaryo viloyati pulmonologiya va ftiziologiya markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani va Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanigacha.

«Farg‘onaazot» OAJ kabi katta korporativ mijozlardan tortib (ular 30ta SIM-kartaga buyurtma bergan), Namangan viloyatining Norin tumanidagi keksa buvijongacha (Ucell kureri bitta, ammo juda zarur bo‘lgan SIM-kartani topshirish uchun bir soat yo‘l yurgan). Hamma biz uchun muhim!

Ucellning har bir xodimi har doim, ayniqsa, karantin kunlarida abonentlarning ishonchini qadrlaydi va har doim yordam berishga tayyor.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring