Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uch hududda valyutafurushlar katta pul bilan ushlandi

Uch hududda valyutafurushlar katta pul bilan ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.X., M.K. va M.K. (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) jami 4000 AQSh dollarini fuqaro J.Z.ga 49,8 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Xuddi shunday, Departamentning Urganch shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan D.B. jami 3 000 AQSh dollarini  fuqaro S.M.dan plastik karta orqali 37,1 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ayoviy dallilar bilan ushlangan. 

Shu kabi, Departamentining Jondor tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Q.J. (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) jami 2 800 AQSh dollarini fuqaro E.Z.ga 34,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 4 605 AQSh dollari, 10 000 Rossiya rubli va 29,6 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring