Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch nafar hokim tushuntirish xati yozadigan bo‘ldi

Uch nafar hokim tushuntirish xati yozadigan bo‘ldi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Nurafshon shahrida Zoyir Mirzayev raisligida navbatdagi «Hokimlik soati» o‘tkazildi. Unda bir qator muhim masalalar tanqidiy tahlil qilingan.

Yig‘ilishda bar qator mas’ullarning faoliyati keskin tanqid qilindi, ayrimlariga nisbatan chora ko‘rildi, ogohlantiridi.

Xususan, Qibray tumanida Prezidentning 373-sonli qaroriga asosan tumanda dehqon xo‘jaliklari uchun ajratilishi belgilangan 30 gektar maydon haligacha auksionga chiqarilmagani uchun tuman hokimi ogohlantirildi, uning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.To‘ychiyevga «hayfsan» intizomiy jazosi berildi.

Yangiyo‘l tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari L.Badalovga nisbatan dehqon xo‘jaliklari uchun ajratilishi belgilangan 35 gektar yer maydonlarini zaxiraga olmaganligi uchun oylik maoshining 30 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llash bo‘yicha taklif kiritildi.

Shuningdek, Chinoz tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Mirsobirovga nisbatan dehqon xo‘jaliklari uchun ajratilishi belgilangan yer maydonlarini auksionga chiqarilishini yetarli darajada nazoratga olmaganligi uchun «hayfsan» intizomiy jazo chorasi berildi.

Toshkent viloyatidagi qabristonlar uchun qo‘shimcha yer ajratish bo‘yicha berilgan takliflarga asosan, Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini yakuniga yetkazish topshirig‘i bajarilmaganligi viloyat hokimligiining tegishli kotibiyati mudiri A.Akramovga ham «hayfsan» berildi.

O‘rta Chirchiq, Yangiyo‘l, Parkent tumanining hokimlari dehqon xo‘jaliklari tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha 100 gektardan yer maydonlarini bugungi kungacha ajratib bermagani yuzasidan tushuntirish xati yozadigan bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring