Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina Rossiyaning 96-alohida razvedka brigadasi qo‘mondonini yo‘q qildi

Ukraina Rossiyaning 96-alohida razvedka brigadasi qo‘mondonini yo‘q qildi

Ukraina qurolli quchlari Rossiya Federatsiyasining 96-alohida razvedka brigadasi qo‘mondoni, polkovnik Maksim Xarlamovni yo‘q qildi. Bu haqda  ukrainalik zobit Anatoliy Shtefan xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Maksim Xarlamov 4 iyul kuni yo‘q qilingan.

«96-alohida razvedka brigadasi (Nijniy Novgorod) komandiri polkovnik Maksim Xarlamov muvaffaqiyatli demobilizatsiya qilindi. Dushmanlarga o‘lim», – deya yozgan u.

Shuningdek, ukrainalik faol va ko‘ngilli Sergey Sternenko ham Telegram’da rossiyalik ofitser yo‘q qilinganini yozgan.

Rossiyalik polkovnikning yo‘q qilinganligi haqidagi dalillar Rossiya OAVlarida e’lon qilindi.

Joriy yilning 14 iyul kuni Rossiya nashrlarida Nijniy Novgorod harbiy qismida Xarlamovning xotirasini abadiylashtirish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, polkovnik Maksim Xarlamov hududiy harbiy garnizon boshlig‘i edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring