Ukraina yil boshidan beri Rossiyaga mingdan ortiq uzoq masofali zarbalar berdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 2026-yil boshidan buyon DeepStrike strategiyasi doirasida Rossiya hududidagi nishonlarga 1000 dan ortiq uzoq masofali zarba berilganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurollari hozirda 3000 kilometrdan ortiq masofadagi nishonlarga ham yetib bormoqda va bu imkoniyat yanada kengaytirilmoqda.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, yangi zarbalar Rossiyaning qurol ishlab chiqarish imkoniyatlarini cheklash, neft va iqtisodiy infratuzilmaga zarar yetkazish hamda Moskvaga diplomatik bosimni kuchaytirishga qaratilgan.
Shuningdek, u Rossiya havo mudofaasi tizimlarining asosiy qismi Moskva, Sankt-Peterburg, davlat qarorgohlari va Qrim ko‘prigi atrofida jamlangani, shu sababli mamlakatning uzoq hududlari nisbatan kamroq himoyalanganini bildirdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter