Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukrainaning Kursk viloyatiga hujumi «Putin uchun dilemma» — Bayden

Ukrainaning Kursk viloyatiga hujumi «Putin uchun dilemma» — Bayden

Bayden ilk bor Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi harakatlariga izoh berdi. Amerika matbuoti Kiyev Vashingtonni hujum haqida xabardor qilmagani va bu Qo‘shma Shtatlar uchun ham kutilmagan bo‘lganini xabar qildi.

Ukraina armiyasining Kursk viloyatidagi hujumi Vladimir Putinni qiyin ahvolga solib qo‘ydi, dedi AQSh prezidenti Jo Bayden.

«Bu Putin uchun haqiqiy dilemma yaratadi va biz ukrainaliklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, doimiy aloqada bo‘lib turibmiz», — dedi Bayden.

CNN manbalarining xabar berishicha, Ukrainaning Kursk viloyatiga hujumi AQSh uchun kutilmagan voqea bo‘lgan. The Wall Street Journal Ukraina Qurolli kuchlari hujumidan keyin Vashingtonda vaziyat kuchayishidan qo‘rquv yo‘qligini, biroq Rossiya rasmiylari «shafqatsiz qasos» olishi mumkinligidan xavotir borligini yozdi.

Kursk viloyatidagi janglar bir haftadan beri davom etmoqda. 12 avgust holatiga ko‘ra, Ukraina armiyasi mintaqadagi 28 ta aholi punktini nazorat qilmoqda. Mintaqada 12 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, 121 nafari yaralandi.

Putin Ukrainaning Kursk viloyatiga hujum qilishda qo‘ygan bir qancha maqsadlarini aytib o‘tdi: muzokaralar pozitsiyasini yaxshilash, Rossiyaning Donbassdagi hujumini to‘xtatish va rus jamiyatining birligini buzish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring