Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uy sharoitida davolanayotgan bemorlar soni ma’lum qilindi (hududlar kesimida)

Uy sharoitida davolanayotgan bemorlar soni ma’lum qilindi (hududlar kesimida)

Illyustrativ foto

Respublika maxsus komissiyasi markaziy shtabi a’zosi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xodimi Jo‘shqin Qosimov karantinga olingan xonadonlar, uy sharoitida davolanayotgan bemorlar yuzasidan ma’lumot berdi.

22-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlar soni 1 ming 706 nafarni tashkil qilmoqda.

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 58,
  • Andijon viloyatida — 136,
  • Jizzax viloyatida — 22,
  • Navoiy viloyatida — 40,
  • Namangan viloyatida — 21,
  • Samarqand viloyatida — 96,
  • Sirdaryo viloyatida — 156,
  • Surxondaryo viloyatida — 101,
  • Qashqadaryo viloyatida — 21,
  • Toshkent viloyati — 637,
  • Toshkent shahrida — 413 nafar bemor uyda davolanmoqda.

Ularning barchasi shifokorlar nazoratida bo‘lib, kerakli tavsiyalar berib borilyapti.

Bepul dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.

Uyda davolanish amaliyotini o‘tayotgan bemorlar 10 kun davomida kuzatuvda bo‘ladi. Test natijalariga qarab, kuzatuv bekor qilinadi yoki davom ettiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring