Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzbekistan Airways» O‘zbekiston ichida yangi qatnovlar ochilganini e’lon qildi

«Uzbekistan Airways» O‘zbekiston ichida yangi qatnovlar ochilganini e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

«Uzbekistan Airways» 27-sentyabrdan respublika ichidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yangi qatnovlar joriy etilishini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Andijon – Samarqand – Andijon dushanba va seshanba kunlari

Andijondan jo‘nab ketish: 11:20
Samarqandga yetib borish: 12:30
Samarqanddan jo‘nab ketish: 13:20
Andijonga yetib borish: 14:25

Andijon – Samarqand yo‘nalishi: chipta narxi 206 184 so‘mdan, Andijon – Samarqand – Andijon yo‘nalishi: chipta narxi 434 072 so‘mdan boshlanadi.

Samarqand – Namangan – Samarqand chorshanba kunlari

Samarqanddan jo‘nab ketish: 21:00
Namanganga yetib borish: 22:05
Namangandan jo‘nab ketish: 22:55
Samarqandga yetib borish: 00:05

Shuningdek, aviaqatnovlar shanba kunlari ham amalga oshiriladi:

Samarqanddan jo‘nab ketish: 09:00
Namanganga yetib borish: 10:05
Namangandan jo‘nab ketish: 10:55
Samarqandga yetib borish: 12:05

Samarqand – Namangan yo‘nalishi: chipta narxi 227 888 so‘mdan, Samarqand – Namangan – Samarqand yo‘nalishi: chipta narxi esa 434 072 so‘mdan boshlanadi.

Urganch – Farg‘ona – Urganch chorshanba va shanba kunlari

Urganchdan jo‘nab ketish: 09:20
Farg‘onaga yetib borish: 11:10
Farg‘onadan jo‘nab ketish: 12:00
Urganchga yetib borish: 13:40

Urganch – Farg‘ona yo‘nalishi: chipta narxi 314 702 so‘mdan, Urganch – Farg‘ona – Urganch yo‘nalishi: chipta narxi 596 849 so‘mdan boshlanadi.

Samarqand – Farg‘ona – Samarqand yo‘nalishidagi qatnovlar juma kunlari

Samarqanddan jo‘nab ketish: 21:00
Farg‘onaga yetib borish: 22:05
Farg‘onadan jo‘nab ketish: 22:55
Samarqandga yetib borish: 00:05

Samarqand – Farg‘ona yo‘nalishi: chipta narxi 227 888 so‘mdan, Samarqand – Farg‘ona – Samarqand yo‘nalishi: chipta narxi 434 072 so‘mdan boshlanadi.

Namangan – Buxoro – Namangan yo‘nalishidagi qatnovlar chorshanba kunlari amalga oshiriladi

Namangandan jo‘nab ketish: 17:45
Buxoroga yetib borish: 19:05
Buxorodan jo‘nab ketish: 19:55
Namanganga yetib borish: 21:05

Namangan – Buxoro yo‘nalishi: chipta narxi 292 998 so‘mdan, Namangan – Buxoro – Namangan yo‘nalishi: chipta narxi 596 849 so‘mdan boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring