Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda koronavirus tufayli vafot etganlarni oddiy qabristonga dafn etishga ruxsat berildi

Qozog‘istonda koronavirus tufayli vafot etganlarni oddiy qabristonga dafn etishga ruxsat berildi

Foto: «Sputnik»

Qozog‘istonda COVID-19 tufayli vafot etganlarni oddiy qabristonlarga dafn etishga ruxsat berildi. Bu haqda bugun, ya’ni 30-iyun kuni respublika sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy ma’lum qildi.

Avvalroq Qozog‘istonda koronavirus tufayli vafot etganlarni faqat maxsus ajratilgan qabristonlarga dafn etishga ruxsat berilgandi.

«Marhumlarni dafn etish aholi uchun muhim masala bo‘lib qolmoqda. Amaldagi tartibga o‘zgartirish kiritildi: sanitariya-epidemiologiya va gigiyena me’yorlariga qat’iy amal qilgan holda marhumlarni har qanday qabristonlarga dafn etishga ruxsat berildi», — dedi Soy matbuot anjumanida.

Qozog‘istonda 21,8 ming kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ulardan 13 ming nafari tuzaldi, 188 ta o‘lim holati qayd etildi. Respublikada koronavirusning alomatsiz tashuvchilari alohida ro‘yxatga olingan. Ularning soni 17,6 ming kishini tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring