Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘orda qolib ketgan 12 o‘smir va murabbiy qutqarildi

G‘orda qolib ketgan 12 o‘smir va murabbiy qutqarildi

Foto: «360tv.ru»

Tailandda g‘orda qolib ketgan 12 o‘smir va murabbiy qutqarildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Qutqaruvchilar evakuatsiya qilingan bolalarni kodli ism bilan nomlashmoqda: «O‘rmon to‘ng‘izi 1», «O‘rmon to‘ng‘izi 2»... Shuningdek, bolalar tahsil oladigan maktabga hamda ularning futbol jamoasiga ham «O‘rmon to‘ng‘izlari akademiyasi» deya nom qo‘yishdi.

G‘orda jabrlanganlarning barchasi Chiangray shahridagi shifoxonaga yotqizildi. Ular bu yerda bir necha kun davolanishadi.

Eslatib o‘tamiz, mahalliy yoshlar futbol jamoasining 12 nafar tarbiyalanuvchisi hamda murabbiy shu yil 23 iyun kuni g‘orda g‘oyib bo‘lishgan edi. Oradan 10 kun o‘tib, ular «Txam-Luang» g‘orida topildi. Ma’lum bo‘lishicha, ular 7 kilometrli g‘orga kirishgan va suv toshqini oqibatida g‘oyib bo‘lishgan.

Talandda yomg‘irlar mavsumi hali ham davom etyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring