Vazirlik "Open budjet"ga ovoz berish bilan bog‘liq firibgarlikdan ogohlantirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda norasmiy Telegram-botlar orqali “Tashabbusli budjet”ga ovoz berish evaziga pul va’da qilinib, ko‘plab fuqarolar aldanayotgani ma’lum bo‘ldi.
So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda norasmiy Telegram botlari orqali “Tashabbusli budjet” jarayonlarida ovoz berish evaziga pul mukofotlari taklif etish holatlari keng tarqalib, turli bahs va munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Va’da qilingan mablag‘lar berilmayotgani bo‘yicha fuqarolar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuzlab murojaatlar kelib tushmoqda. Uchinchi shaxslar loyihalarga ovoz to‘plash maqsadida pul mablag‘lari va’da qilgan holda fuqarolardan ovoz to‘plab, keyinchalik mukofotlarni bermasligi holatlari kuzatilmoqda", - deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter