Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vladimir Putin Hindistondagi G20 sammitida ishtirok etishi mumkin — Bloomberg

Vladimir Putin Hindistondagi G20 sammitida ishtirok etishi mumkin — Bloomberg

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hindistonda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida ishtirok etishi mumkin, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Nashrning yozishicha, Vladimir Putin G20ning so‘nggi ikki sammitini o‘tkazib yuborgan, biroq 2023 yilda prezident ma’muriyati G20 yig‘ilishida ishtirok etishni davlat rahbari jadvaliga kiritgan.

Shunday qilib, Rossiya prezidenti Ukrainadagi mojaroga qaramay, sammitda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deb yozmoqda Bloomberg.

Ma’lumot uchun, G20 sammiti 2023 yil 1 dekabr kuni Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tadi.

2022 yilda Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida Putin ham kutilgan edi, ammo yakunda sammitda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qatnashgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring