Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Walmart»ni 1,3 million dollarga chuv tushirgan amerikalik fosh qilindi

«Walmart»ni 1,3 million dollarga chuv tushirgan amerikalik fosh qilindi

Foto: «Fm1033.ca»

Arizona shtatida yashovchi 23 yoshli Tomas Fradeyker «Walmart»dan sotib olingan mollarni yana qaytarib berish yo‘li bilan 1,3 million dollarni o‘zlashtirganlikda ayblanib hibsga olindi. Aftidan u xaridlarni qaytarishni rasmiylashtirgan, biroq aslida hech narsani qaytarib bermagan, deb yozmoqda «Business Insider».

Yigitni «Walmart» do‘konlaridan birida, sotib olgan kompyuterini qaytarib berishni rasmiylashtirib, uning uchun pulni undirib olishgan uringan paytida qo‘lga olishdi. Keyin aniqlashlaricha, Tomas mutlaqo boshqa kompyuterni ko‘tarib kelib, o‘zinikining o‘rniga o‘tkazmoqchi bo‘lgan. Endi u firibgarligi, o‘g‘riligi va savdo tarmog‘iga yetkazgan zarari uchun sud qilinadi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Fradeyker firibgarlik faoliyatini oxirgi bir yarim yil davomida olib borgan va taxminan 1000 birlikka yaqin molni o‘zlashtirib yuborgan. Xomaki hisob-kitoblarga ko‘ra, u noqonuniy faoliyati ortidan 1,3 million dollar ishlagan.

Mollarni do‘konlarga qaytarish tartibining suiste’mol qilinishi AQShda dolzarb muammoga aylangan. Masalan, yaqindan boshlab «Amazon» sotib olgan narsalarini hadeb qaytaruvchi foydalanuvchilarni o‘z saytida bloklab qo‘ya boshladi. «Business Insider» ma’lumotlariga qaraganda, firibgarlar kasofatiga amerikalik riteylerlar har yili o‘rtacha 17 milliard dollar yo‘qotishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring