Xarkovdagi dahshat: Rossiya hujumi oqibatida 48 kishi halok bo‘ldi
Xarkov viloyati rasmiylariga ko‘ra, payshanba kuni rus qo‘shinlari Kupyansk tumanidagi kafe va do‘konga raketa hujumi uyushtirgan.
Hodisa joyida tinch aholi ko‘p edi, deya yozadi Xarkov viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i o‘zining Telegram-kanalida.
«Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, vayronalar ostidan 48 kishining jasadi topilgan, ular orasida olti yoshli bola ham bor», — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, olti jabrlanuvchi ma’lum, ular ichida bir nafar bola bor.
Favqulodda xizmatlar halokat joyida ishlashda davom etmoqda.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy holatga munosabat bildirib, «Rossiya terrorini zudlik bilan to‘xtatish» lozimligini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter