Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xaruki Murakami mukofotga nomzodlar ro‘yxatidan nomini chiqartirib oldi

Xaruki Murakami mukofotga nomzodlar ro‘yxatidan nomini chiqartirib oldi

Foto: «Miraman.ru»

Zamonamizning taniqli yozuvchisi Xaruki Murakami «Nobel»ning muqobil adabiy mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan edi. Ammo yozuvchi ro‘yxatdan nomini chiqartirib oldi. Bu haqda «TASS» Yaponiyaning «Kyodo» agentligiga asoslanib xabar tarqatdi.

Murakami tashkilotga qo‘ng‘iroq qilib, ro‘yxatdan chiqarishlarini iltimos qilgan. U qarorini yangi kitob yozayotgani bilan izohladi — jamoatchilik va jurnalistlar e’tiboridan chetda bo‘lishni istamoqda.

Adabiy mukofotga Murakamidan tashqari, fransuz yozuvchisi Mariz Konde, ingliz fantasti Nil Geyman hamda Vetnamda tavallud topgan kanadalik yozuvchi Kim Txyuilarning nomzodlari qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring