Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy bilan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilindi

Xitoy bilan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘ldi.

Jumladan:

  • «O‘zbekiston2030» strategiyasi va «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusini o‘zaro bog‘lash bo‘yicha hamkorlik dasturi;
  • Madaniyat markazlarini o‘zaro ta’sis etish to‘g‘risida bitim;
  • Tibbiy xizmatlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim.

Bundan tashqari, tashrif doirasida quyidagi kelishuvlar ham imzolandi:

  • O‘zbekistonga zemsnaryadlar (texnik kema) berish loyihasining ikkinchi bosqichini loyihalashtirish bo‘yicha;
  • texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida;
  • muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • O‘zbekistondan Xitoyga qovun va bodom eksport qilishda fitosanitariya talablari to‘g‘risida;
  • kosmik fanlar, texnologiyalar va kosmik faoliyat natijalaridan tinchlik maqsadlarida foydalanishda hamkorlik qilish to‘g‘risida;
  • raqobat siyosati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • inson resurslarini rivojlantirish sohasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha;
  • raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha;
  • Samarqand viloyati va Tyanszin shahri o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida;
  • O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Xitoy Xalqaro savdoga ko‘maklashish kengashi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring