Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy elchisining bayonoti keskin norozilikka sabab bo‘ldi

Xitoy elchisining bayonoti keskin norozilikka sabab bo‘ldi

Boltiqbo‘yi davlatlari Xitoy elchisining bayonotiga keskin norozilik bildirdilar. 

Jumladan, Latviya, Litva va Estoniya Xitoyning Fransiyadagi elchisi Lyu Shayening bayonotidan so‘ng o‘z mamlakatlaridagi Xitoy diplomatik vakillarini kelishilgan holda tushuntirish uchun chaqirishga qaror qildi, deb yozadi BNS agentligi.

«Xitoy vakillarini dushanba kuni chaqirish bo‘yicha kelishilgan qaror qabul qilindi», — deyiladi Litva Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Fransiyadagi elchisi Lu Shaye postsovet davlatlarining suverenitetini shubha ostiga olib u Qrimning asli rus hududi ekanligini aytgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring