Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy gibrid elektromobillari 8 karra ko‘p nurlanish chiqaradi — tadqiqot

Xitoy gibrid elektromobillari 8 karra ko‘p nurlanish chiqaradi — tadqiqot

Illyustrativ foto

Xitoy jahon elektromobillar bozorining 62 foizini nazorat qiladi. Ekologik tozaligi ko‘p ta’kidlanadigan ana shu elektr ulovlar ko‘payishi baravarida, elektromagnit xavfsizlik muammosi yuzaga chiqmoqda.

«Perm milliy tadqiqot politexnika universiteti» (Rossiya) olimlari ta’kidlashicha, elektromobillar hosil qiluvchi elektromagnit maydonlar inson salomatligi uchun xavfli, jumladan, o‘sma kasalliklari, turli nevrologik buzilishlar, depressiyani keltirib chiqarishi mumkin.

Rus olimlari Xitoyda ishlab chiqarilgan gibrid avtomobillardan kuchli nurlanish taralishini aniqlashdi  me’yordagidan 8 baravar ko‘p!

Tadqiqot ilmiy maqola ko‘rinishida e’lon qilindi. Unda yozilishicha, elektromagnit nurlanish bizni chor-atrofimizdan o‘rab turgan ko‘rinmas to‘lqinlar: quyosh nuridan tortib smartfon va noutbuklargacha ularni taratadi. Kam miqdorda ziyoni yo‘q, inson organizmi tabiiy elektromagnit maydonlari bilan muntazam ta’sirlarga ko‘nikkan, biroq uzoq va muntazam ta’sirning oqibati yomon bo‘lishi mumkin.

Odatiy avtomobillardan elektromobillarning farqi shundaki, ularning uzatma simlari orqali katta kuchga ega (yuzlab ampergacha) tok oqadi va o‘z-o‘zidan shunga mos kuchdagi elektromagnit maydonini hosil qiladi. Quvvatlash qurilmasi ham zararli nurlar tarqatuvchisi, shu bois uning yaqinida turmagan ma’qul.

Shu bilan birga, asosiy nurlanish manbalari davriy, ya’ni tanaffus bilan ishlovchi an’anaviy avtomobillarga qaraganda, elektromobillarda bu tizimlar harakat davomida doimiy faol bo‘lib, uzluksiz elektromagnit ta’sirini hosil qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring