Xitoy Yaponiyaga jiddiy norozilik bildirdi. Nega?

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Guo Jiakunning aytishicha, Xitoy Yaponiyaga "jiddiy norozilik bayonoti" bilan chiqqan. Bunga Yaponiya tomonining sentyabr oyida Pekinda o‘tkaziladigan harbiy paradga boshqa davlatlarni ham bormaslikka chaqirgani sabab bo‘lgan.
"Xitoy Yaponiya tomoniga jiddiy norozilik bildirdi va Yaponiya tomonidan tushuntirish talab qildi", dedi Guo Jiakun brifingda. “Tarixga vijdonan, undan sidqidildan saboq olib, tinch-totuv taraqqiyotga intilayotgan har qanday davlat bunga shubha qilmaydi, baribir, e’tiroz bildirmaydi”, - dedi u.
Ikkinchi jahon urushida Xitoyning Yaponiya ustidan qozongan g‘alabasining 80 yilligi sharafiga parad 3 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 24 avgust kuni Kiodo agentligi diplomatik manbalarga tayanib, Yaponiya hukumati Yevropa va Osiyo davlatlaridan paradga bormaslikni so‘ragani haqida xabar berdi. Agentlik manbalariga ko‘ra, Yaponiya tomoni Xitoy siyosati “tarixga haddan tashqari e’tibor qaratgan va yaponlarga qarshi kayfiyat yaqqol namoyon bo‘lgan” deb hisoblaydi.
Xitoydagi paradda xorijiy davlatlar rahbarlari, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda janubi-sharqiy Osiyoning bir qancha davlatlari, jumladan Indoneziya, Malayziya, Kambodja, Laos va Myanma rahbarlari ishtirok etadi. South China Morning Post nashrining yozishicha, Yevropa yetakchilari Vladimir Putin kelgani sababli tadbirni boykot qilishga qaror qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter