Xitoyda kuniga 18 ming nafar yangi tadbirkor ro‘yxatga olinyapti
Xitoy taraqqiyot va islohotlar bo‘yicha milliy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi yangi ish o‘rinlarining 70 foizi ommaviy tadbirkorlik va innovatsiyalar hisobiga ochilgan. Bu haqda 14-oktyabr kuni «Sinxua» axborot agentligi xabar qildi.
Xitoyda 2017-yil oxiriga kelib har ming kishiga 21,8 nafar tadbirkor to‘g‘ri keldi. Tadbirkorlarning umumiy soni 2016-yilga nisbatan 16,9 foizga o‘sib, jami 30,34 million nafarga yetdi.
Milliy komissiya hisobotida aytilishicha, yangi tadbirkorlar yangi sohalar — zamonaviy ishlab chiqarish, savdo, ta’lim, fan va texnologiyalar yo‘nalishlarida paydo bo‘lyapti.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy hukumati 2015-yildan ommaviy tadbirkorlik va innovatsiyalarni rivojlantirish uchun qator imtiyozlarni joriy eta boshladi. Harakatlar samara bera boshladi, masalan, 2018-yilning birinchi yarmida kuniga o‘rtacha 18,1 ming nafardan yangi tadbirkor ro‘yxatga olina boshladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter