Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xodimlari Toshkentda doimiy propiska olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni bittaga ko‘paydi

Xodimlari Toshkentda doimiy propiska olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni bittaga ko‘paydi

Foto: «UzNews»

Davlat veterinariya qo‘mitasida ishlovchi xodimlar ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Hukumatning 2018-yil 26-oktyabrdagi qarori bilan Davlat veterinariya qo‘mitasi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatda shu paytgacha 69 ta tashkilot mavjud edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring