Xorazm va Jizzax baliq ovlashda yetakchilik qilmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida respublika bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 21,3 ming tonna baliq ovlangan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,1 foizga oshgan.
Qayd etilishicha, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Xorazm viloyatida qayd etilgan. Viloyatda uch oy davomida 4,5 ming tonna baliq ovlangan. Ikkinchi o‘rinni Jizzax viloyati egallagan bo‘lib, hududda 3,5 ming tonna baliq yetishtirilgan va ovlangan.
Toshkent viloyatida esa mazkur davrda 3,3 ming tonna baliq ovlangani ma’lum qilindi. Andijon viloyatida 1,7 ming tonna, Navoiy viloyatida 1,5 ming tonna baliq ovlangan.
Sirdaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 1,3 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, Namangan viloyatida 1,2 ming tonna baliq qayd etilgan.
Farg‘ona viloyatida 1 ming tonna baliq ovlangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida esa mos ravishda 0,9 ming tonnadan mahsulot olingan.
Surxondaryo viloyatida 0,6 ming tonna baliq ovlangan bo‘lsa, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida bu ko‘rsatkich 0,5 ming tonnadan qayd etilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter