Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish tartibi belgilandi

Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish tartibi belgilandi

Foto: Hudud24

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini ko‘chirish tartibi belgilandi. 

Hukumat qarori (299-son, 11.06.2026-y.) bilan «Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish»ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga ko‘ra, Bilim va malakalarni baholash agentligi (Agentlik) ushbu sohada vakolatli davlat organi hisoblanadi.

 Ariza beruvchi har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar YaIDXP yoki Agentlikning maxsus elektron platformasi yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali ariza beradi.

Quyidagilar arizani rad etishga asos bo‘ladi:

- so‘rovnomada nazarda tutilgan hujjatlar yoki ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmagani;

- so‘rovnomada noto‘g‘ri yoxud buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlangani;

- belgilangan miqdordagi to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmagani.

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar ishchi organ tomonidan har yili 15-iyuldan 6-avgustgacha ko‘rib chiqiladi hamda arizani qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Bu haqda ariza beruvchiga YaIDXP yoki maxsus platforma orqali xabarnoma yuboriladi.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha QR-kodli imtihon natijasi vakolatli organ tomonidan har yili imtihonlar yakunlangandan so‘ng 1 hafta ichida ariza beruvchiga yuboriladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring