Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

XVJ O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishi prognozini yaxshiladi

XVJ O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishi prognozini yaxshiladi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi World Economic Outlook hisobotida O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021-yilda ilgari bashorat qilingan 5 foiz o‘rniga 6,1 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda.

Ekspertlar 2022-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 5,4 foizga o‘sishini kutmoqda (avval — 5,3 foiz).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon banki ham O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishi prognozini 4,8 foizdan 6,2 foizgacha yaxshilagan edi. OTB ham o‘z hisob-kitoblarini qayta ko‘rib chiqib, 4 foiz o‘rniga 5 foiz belgilagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring