Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

XX asrning eng yaxshi estrada qo‘shiqchisi vafot etdi

XX asrning eng yaxshi estrada qo‘shiqchisi vafot etdi

Foto: «Flickr»

Fransuz afsonaviy qo‘shiqchisi Sharl Aznavur vafot etdi. Bu haqda «France-Presse» agentligi xabar berdi.

Sharl Aznavur 94 yoshda edi.

Shanson qo‘shiqlari ustasi Sharl Aznavur (Shaxnur Vaxinak Aznavuryan)ning kelib chiqish arman millatiga mansub bo‘lib, 1924-yilning 22-may kuni Parijda tavallud topgan.

Aznavur 1936 yili kinoda debyut qildi. Xonandalik faoliyatini fransuz bastakori Per Rosh bilan hamkorlikdan boshlagan. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Aznavur, Rosh va Edit Piafning Fransiya va AQShga uyushtirgan gastrollari ularning nomini dunyoga tanitdi.

Aznavur faoliyati davomida 1300 ta atrofida qo‘shiq yaratgan, 60 ta filmda suratga tushgan, uning 200 milliontadan ortiq disklari sotilgan.

«CNN» va «Time» 1998-yili o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra,  Sharl Aznavur XX asrning eng yaxshi estrada qo‘shiqchisi deya tan olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring