Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yana qor yog‘ishi mumkin» — O‘zgidromet

«Yana qor yog‘ishi mumkin» — O‘zgidromet

O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 11-15 mart kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.

Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston bo‘yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi.

Ertaga, 12 mart kuni respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 8-13 daraja iliqqacha pasayadi.

11-12 mart kunlari respublikaning ayrim joylarida momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Chorshanba, 13 mart kuni yomg‘ir yog‘adi, yomg‘ir asosan faqat kechasi va ertalab kuzatiladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunduz kuni ham yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

14 martda respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Respublika shimolida va janubida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

13-14 mart kunlari respublika hududiga sovuq havo massalari kirib kelishi davom etadi va 14 martga kelib, havo harorati kechasi 0-5 daraja iliqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.

15 martda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi.

Poytaxtimizda ertaga yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 9-11 daraja iliq bo‘ladi.

13-14 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 14 martda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Harorat kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

15 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring