Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×
IOS qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

Yangi Toshkentda 50 mln dollarlik va undan yirik loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi

Yangi Toshkentda 50 mln dollarlik va undan yirik loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi

Prezidentning 2026 yil 10 noyabrdagi PF–243-son farmoni bilan Yangi Toshkent shahri va hududlarda yuqori multiplikativ samaraga ega yirik shaharsozlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilandi.

Hujjatga muvofiq, asosiy maqsadlardan biri mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va turizm salohiyatini oshirish uchun qiymati 50 mln AQSh dollari va undan ortiq bo‘lgan shaharsozlik loyihalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdir. Shuningdek, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi ma’muriy to‘siqlar va byurokratik g‘ovlarni bartaraf etish belgilangan.

Farmon ilovasida ko‘rsatilgan maxsus hududlarda shaharsozlik sohasidagi yirik investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun «tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi.

Shuningdek, Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga qonunchilik hujjatlari bilan berilgan vakolatlar, imtiyozlar va huquqlar boshqa maxsus hududlarni barpo etishga mas’ul direksiyalarga ham tatbiq etiladi.

Jumladan, ushbu direksiyalar hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish bo‘yicha hujjatlarga qo‘yiladigan talablarni mustaqil belgilash va tasdiqlash, yer uchastkalarini sotishda ularda barpo etiladigan obyektlarga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilash huquqiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, maxsus hududlardagi yer uchastkalarini realizatsiya qilishda har bir loyiha uchun alohida texnik shart belgilash vakolati ham beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring