Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi Toshkent shahridagi yerning gektari 20 mlrd so‘mdan sotuvga qo‘yildi

Yangi Toshkent shahridagi yerning gektari 20 mlrd so‘mdan sotuvga qo‘yildi

Yangi Toshkent shahridan ko‘p qavatli turar joy binolari (7 qavatdan ko‘p bo‘lmagan) qurish uchun yer uchastkalari e-auksion.uz saytiga chiqarildi.

Ma’lum qilinishicha, har bir lot yer maydoni 1,03 ga (103 sotix). Ruxsat etilgan ob’yektlardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.

Investitsion majburiyatlarni bajarish muddati — ob’yektni foydalanishga topshirish bilan 36 oy etib belgilangan.

Boshlang‘ich bahosi – 20 mlrd 655 mln so‘m. Savdo oshirib borish uslubida olib boriladi va birinchi qadam 1 mlrd 32,7 mln so‘m.
 

Yuridik shaxslar ishtirokida o‘tkaziladigan auksion savdolari natijasi bo‘yicha:

  • mahalliy ishtirokchilarga– 49 yil muddatga;
  • chet el yuridik shaxslariga – 24 yil muddatga ijaraga beriladi.

Kiritiladigan investitsiya miqdori 19 200 000 AQSh dollari etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, bir yil avval Yangi Toshkent shahrining qurilishiga tamal toshi qo‘yilgan, yaqinda bu yerda ilk inshootlar qurilishini boshlash marosimi bo‘lgandi.

«1 million nafardan oshiq aholi uchun mo‘ljallangan shaharda 2024–2025 yillarda bir qancha vazirliklar, universitetlar, madaniyat joylari va ijtimoiy ob’yektlar qurish ishlari boshlanadi», – degandi  «Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi» direktori o‘rinbosari Bahrom Rizayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring