Yangi vazir tayinlandi
Prezidentning tegishli farmoni bilan Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Hojiboyev Abduhakim Mo‘minovich Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi.
Tibbiyot fanlari doktori, professor Abduhakim Hojiboyev o‘z faoliyatini oddiy xirurglikdan boshlab, so‘nggi yigirma yil davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori, Shoshilinch tibbiy yordam vrachlar assotsiatsiyasi raisi, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari va uch bor Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
2003-yil «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» unvoni hamda 2020-yil «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq vazir lavozimidan bo‘shatilgan Alisher Shodmonov boshqa vazifada ish boshlagani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter