Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yangihayot tumangaz» mansabdori katta pora bilan ushlandi

«Yangihayot tumangaz»  mansabdori katta pora bilan ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Yakkasaroy tumanida oilaviy korxona binosining gaz hisoblagich uskunasini almashtirib berishni va’da qilgan bo‘lim boshlig‘i ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda «Yangihayot tumangaz» gaz ta’minoti filialida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi E.P. (hozirda sobiq)«Q-M.» oilaviy korxonasiga qarashli kafeda o‘rnatilgan gaz hisoblagich uskunasini, yuqori sig‘imli gaz hisoblagich uskunasiga almashtirib, texnik shartlarni tayyorlab berishi evaziga A.O.dan 101 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring