Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangiyo‘l tibbiyot birlashmasi mansabdorlari katta miqdordagi pulni o‘zlashtirib yuborgan

Yangiyo‘l tibbiyot birlashmasi mansabdorlari katta miqdordagi pulni o‘zlashtirib yuborgan

Illyustrativ surat

Departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, Yangiyo‘l tumani Tibbiyot birlashmasi sobiq mexanigi M. birlashma hisobida bo‘lgan jami qiymati 74,4 mln. so‘mlik 8 dona «Damas» rusumli avtomashinalarni hisobdan chiqarilganidan so‘ng, tegishli tartibda birja savdolari orqali sotmasdan, hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan noqonuniy sotib yuborganligi aniqlangan.

Shuningdek, birlashma mansabdor shaxslari tomonidan davlat budjeti hisobidan moliyalashtirilgan smetada nazarda tutilmagan 420,5 mln. so‘m pul mablag‘lari ortiqcha sarflanib, budjet va smeta-shtat intizomini buzganliklari holati aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Yangiyo‘l tuman Tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring