Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangiyo‘lda ham mashina portladi, qurbonlar bor

Yangiyo‘lda ham mashina portladi, qurbonlar bor

Kecha, 23 iyun kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hududida harakatlanib ketayotgan «Neksiya-2» mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portlagan.

Oqibatda mashina ichidagi haydovchi va uning onasi jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan, haydovchining turmush o‘rtog‘i va 2 nafar qizi (5 yosh va 2 yosh) voqea joyida vafot etgan.

Mashina Samarqand viloyatiga tegishli bo‘lgan. Hozirgi paytda surishtiruv ishlari olib borilyapti.

Eslatib o‘tamiz, kecha Jizzaxda ham «Jiguli» mashinasi portlab ketgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring