Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya millionlab xorijlik sayyohlarni eplolmayapti

Yaponiya millionlab xorijlik sayyohlarni eplolmayapti

Illyustrativ foto

Yevropaning ayrim mamlakatlari (masalan, Ispaniya va Islandiya) kabi, Yaponiya ham «ko‘payib ketgan xorijiy sayyohlar» muammosiga yo‘liqdi.

Yaponiya borib tomosha qilish uchun yaxshi joy ekanligini so‘nggi yillarda butun dunyo bilib oldi, albatta, mamlakat hukumatining turizmni rivojlantirish bo‘yicha uzoq yillik mehnatlari natijasida ham bunga erishildi. Kamiga, yaqinda iyena kuchsizlanganidan so‘ng, Yaponiya arzon sayyohlik yo‘nalishiga ham aylandi. Natijada Kunchiqar yurtga butun dunyodan sayyohlar oqib kelmoqda. 2024-yilda mamlakat 37 millionga yaqin chet ellik sayyohni qabul qildi qariyb bitta O‘zbekiston aholisiga teng.

Bir qarashda, 120 million aholi yashovchi mamlakat uchun 37 mln turist muammo emas.

Gap shundaki, sayyohlar vaqt va makon bo‘yicha teng taqsimlanmagan. Turistlar boradigan joylar sanoqli  Tokio g‘arbi, Kiotoning eski shahar qismi, Fudziyama hamda sakura gullaydigan payt. Bir paytning o‘zida millionlab xorijlik sayyohlarning bir joyga kelishi mehmonxonalar, taksilar, jamoat transporti va tartibotda muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring