Yaponiyada kuchli suv toshqini: odamlar tvitter orqali yordam so‘rashmoqda (video)

Kuchli yomg‘ir oqibatida Yaponiyaning Kumamoto prefekturasi ko‘chalarini sel bosdi, odamlar uylarida qamalib qolishdi. Ular tvitter orqali yordam so‘rashmoqda.
Xitoyoshi shahrida yashovchilar ham yordamga muhtoj. O‘zanidan chiqib ketgan daryo sohil bo‘yida qurilgan uylarni cho‘ktirmoqda. O‘z oilalari bilan suv qamalida qolganlar qutqaruvchilarni kutishmoqda. NHK telekanali xabar berishicha, yordam so‘rab yuzdan ortiq murojaat kelib tushgan.
Xabarlarga ko‘ra, Yaponiya janubi-g‘arbidagi ikki prefekturadan 200 mingdan ortiq inson xavfsiz hududlarga ko‘chiriladi.
坂本村役場前
— 吉田圭吾 (@KoOBgXr8Qh9zOaU) July 4, 2020
大変な事になりました!
国も町も県もテレビも規制で入れないから誰も知らない
助けてください。#拡散希望RTお願い致します pic.twitter.com/xgy6AifN9s
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter