Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyalik professor Toshkentdagi OTMda prorektor lavozimida ish boshladi

Yaponiyalik professor Toshkentdagi OTMda prorektor lavozimida ish boshladi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilning 17-20-dekabr kunlari Yaponiyaga oliy darajadagi tashrifi doirasida Toshkent davlat texnika universiteti hamda Nagoya universitetining istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilib, Nagoya universitetidan Toshkent davlat texnika universitetiga xorijiy prorektor taklif qilinishi bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan edi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qilishicha, ushbu tashrif natijasida Nagoya universiteti Prezidenti Matsuo janoblarining tavsiyasiga ko‘ra Toshkent davlat texnika universitetining xorijiy prorektori lavozimiga Nagoya universitetining professori Nishiyama Kiyoxisa nomzodi tavsiya qilindi va 2020-yilning 11-mayidan boshlab xorijiy prorektor lavozimiga tasdiqlandi.

Nishiyama Kiyoxisa dastlab o‘z ish faoliyatini on-line tarzda boshlab, universitetning 2020/2021 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan Toshkent davlat texnika universiteti o‘quv jarayonining mas’ul xodimlariga Nagoya universiteti tajribasi asosida kredit-modul tizimi bo‘yicha onlayn tarzda seminar-treninglar olib bordi.

Yurtimizda 2020-yilning 15-avgustidan so‘ng karantin choralarining yumshatilishi hamda xorijiy davlatlarga charter reyslar sonining oshishi natijasida Nishiyama Kiyoxisa 2020-yilning 14-sentyabr kuni Toshkent shahriga yetib keldi va o‘z faoliyatini boshladi.

Bugun, 30-sentyabr kuni Toshkent davlat texnika universiteti jamoasi va professor-o‘qituvchilari bilan xorijiy prorektor Nishiyama Kiyoxisani tanishtirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Nishiyama Kiyoxisa so‘zga chiqib, o‘zining maqsad va rejalarini batafsil bayon qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring